29/09/2025

   Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda respublikamizdagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 384 ming tonna mosh yetishtirilgan.

   Xo‘jalik toifalari bo‘yicha ularning hajmi quyidagicha:

   fermer xo‘jaliklarida – 341,4 ming tonna;

   dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida – 19,7 ming tonna;

   qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda – 22,9 ming tonna.