30/09/2025

   Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-avgust oylarida jami 7,5 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

   Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 2,5 mln nafarga yoki 49,1 % ga oshgan.

   Ularning soni mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

   Qirg‘iz Respublikasi – 2 164 521 nafar;

   Qozog‘iston  – 1 769 910 nafar;

   Tojikiston – 1 699 984 nafar;

   Rossiya – 663 296 nafar;

   Afg‘oniston – 304 510 nafar;

   Turkmaniston – 243 512 nafar;

   Xitoy – 135 408 nafar;

   Turkiya – 113 109  nafar;

   Hindiston – 42 256 nafar;

   Koreya Respublikasi – 30 039 nafar;

   Boshqa davlatlar – 349 849 nafar.

   Ularning soni safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:

   qarindoshlarni yo‘qlash – 5 166 373 nafar;

   sayyohlik – 1 148 469 nafar;

   xizmat yuzasidan – 837 535 nafar;

   tijorat – 287 747 nafar;

   davolanish – 62 054 nafar;

   o‘qish – 14 216 nafar.