Joriy yilning 10-oktabr kuni viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida navbatdagi oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 26-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1084-son Qonuni mazmuni va mohiyati boʻyicha tushuntirishlar berildi. Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini oshkor qilishga yoʻl qoʻyilmasligi haqida ogohlantirilgan yopiq sud majlisida ishtirok etayotgan shaxslar tomonidan ularni sudning ruxsatisiz oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Oʻquv mashgʻuloti davomida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.