16/10/2025

   O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi hamda Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi mas’ullari tomonidan Guliston tumani “Zarbdor” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

   Amaliy mashg‘ulotlarda Guliston davlat universitetining professor-o‘qituvchilari, viloyat mahalla uyushmasi mas’ul xodimlari, shuningdek boshqarma hamda tuman va shahar statistika bo‘limlari boshliqlari ishtirok etdilar.

   Mashg‘ulotlarda ro‘yxatga olish jarayonini samarali tashkil etish, so‘rovnomalarni to‘ldirish, elektron tizimlardan foydalanish, shuningdek aholining xabardorligini oshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.

   Tadbirning asosiy maqsadi — ro‘yxatga olish ishlarida ishtirok etuvchi mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, amaliy tajriba almashish hamda jarayonlarning samaradorligini oshirishdan iborat.

   Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarga amaliy topshiriqlar berilib, real sharoitda ro‘yxatga olish jarayonini sinov tariqasida bajarish imkoniyati yaratildi.

   O‘quv-amaliy mashg‘ulotlar bosqichma-bosqich barcha hududlarda tashkil etilishi rejalashtirilgan.