O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi hamda Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik doirasidagi o‘quv va amaliy mashg‘ulotlar yakunlandi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga ro‘yxatga olish jarayonini samarali tashkil etish, so‘rovnomalarni to‘ldirish, elektron tizimlardan foydalanish hamda aholini xabardor qilish bo‘yicha zarur bilim va amaliy ko‘nikmalar berildi.
Endilikda ushbu o‘quv va amaliy mashg‘ulotda olingan bilim va ko‘nikmalar asosida viloyatdagi tuman va shaharlarda faoliyat yuritayotgan “mahalla yettiligi” xodimlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Bu esa ro‘yxatga olish jarayonlarida mahalla darajasidagi xodimlarning tayyorgarligini oshirish, jarayonlarni sifatli va samarali amalga oshirishga xizmat qiladi.