17/10/2025

   Joriy yilning 17-oktabr kuni viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6013-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi OʻRQ-707-son Qonuni mazmuni va mohiyati” mavzusida navbatdagi oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda Prezident Farmoni bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilganligi, uning asosiy vazifa va faoliyat yoʻnalishlari belgilanganligi va boshqalar toʻgʻrisida hamda Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-707-son Qonunining 5-bobi 26-32-moddalari mazmunida batafsil toʻxtalib oʻtildi.

   Oʻquv mashgʻuloti davomida xodimlar ikki mavzu boʻyicha ularni qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.