Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik doirasida “Mahalla yettiligi” vakillari ishtirokida o‘tkazilgan amaliy o‘quv seminarlar yakuniga yetgach, savol-javoblar va ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF–173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash, amaliy mashg‘ulotlar jarayonida olingan tajribani tahlil qilish, shuningdek, joylarda uchrayotgan muammolarni aniqlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Savol-javoblar davomida “Mahalla yettiligi” a’zolari tomonidan ro‘yxatga olish jarayonida uchrayotgan ayrim tashkiliy masalalar, aholini xabardor qilishdagi muammolar, so‘rovnomalarni to‘ldirishdagi murakkab jihatlar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari yuzasidan takliflar bildirildi.
Viloyat statistika boshqarmasi mas’ullari tomonidan “Mahalla yettiligi” vakillarining har bir savoliga batafsil javoblar berildi.
Mazkur savol-javoblar “Mahalla yettiligi” tizimi xodimlari o‘rtasida ochiq fikr almashish, ro‘yxatga olishga tayyorgarlik jarayonidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda tajriba almashish imkonini yaratdi.