Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda –YAHM) hajmi joriy narxlarda 24 645,9 mlrd so‘mni tashkil etdi va 2024-yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 8,4 % ga o‘sdi.
YAHM deflyator indeksi 2024-yilning yanvar-sentabr oylari narxlariga nisbatan 110,9 % ni tashkil qildi.
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Sirdaryo viloyatining qo‘shgan hissasi 1,9 % ga yetdi.




