2025-yilning 1-oktabr holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 1 132 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 9,7 foiz ulushini tashkil etdi. Shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 1 097 taga to‘gri keldi.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:
Guliston shahri – 233 ta
Sirdaryo tumani – 209 ta
Yangiyer shahri – 127 ta
Boyovut tumani – 114 ta
Mirzaobod tumani – 89 ta
Sayxunobod tumani – 84 ta
Xovos tumani – 75 ta
Guliston tumani – 67 ta
Sardoba tumani – 57 ta
Oqoltin tumani – 44 ta
Shirin shahri – 33 ta




