Joriy yilning 21-noyabr kuni viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida “Huquqiy bilimlar” kuni doirasida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining mazmuni va mohiyati mavzuida navbatdagi oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Boshqarmaning Murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomi nazorati bosh mutaxassisi Muxabbat Mingbayeva ushbu Qonunda qoʻllaniladigan asosiy tushunchalar, murojaatlarning shakllari va turlari, ularga qoʻyiladigan talablar, murojaatlarni koʻrib chiqishning asosiy prinsiplari, koʻrib chiqish tartiblari va boshqalar toʻgʻrisida batafsil gapirib oʻtdi. Oʻquv mashgʻuloti savol-javoblarga boy tarzda oʻtdi.







