Joriy yilning 28-noyabr kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʻlumotlarining milliy bazasi - “Lex.uz”dan olingan normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi yuzasidan videoaloqa orqali oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda, noyabr oyida yangi qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlar mazmunida qisqacha toʻxtalib oʻtildi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 3–noyabrdagi “Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1093, 11-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1095-son Qonunlari va boshqa qonun hujjatlari haqida gapirib oʻtildi. Mazkur hujjatlar yuzasidan xodimlar oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi.





