Joriy yilning 29-dekabr kuni Kasaba uyushmasi tashabbusi bilan statistika tizimida uzoq yillar samarali mehnat faoliyatini olib borgan faxriylarga Yangi yil munosabati bilan sovg‘alar topshirildi. Ushbu tashabbus faxriylarning ko‘p yillik fidokorona mehnati, boy tajribasi hamda statistika tizimi rivojiga qo‘shgan munosib hissasiga bo‘lgan chuqur hurmat va e’tirof ramzidir.









