Joriy yilning 30-yanvar kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasining yanvar oyida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi boʻlib oʻtdi. Unda 2026-yil 21-yanvardagi “Sunʼiy intellektni qoʻllash orqali yuzaga keladigan munosabatlar tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1115-son Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi oʻrtasida kitob oʻqishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-9-son qarori va boshqa qonun hujjatlari toʻgʻrisida maʼlumot berildi.





