Hozirda mamlakatimizda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichi — anʼanaviy, yaʼni xonadonma-xonadon yurib maʼlumot toʻplash jarayonlari olib borilmoqda. Mazkur jarayon doirasida Sirdaryo viloyatida ham ro‘yxatga olish ishlari izchil davom etmoqda.
Roʻyxatga olish jarayonida mas’ul xodimlar xonadonma-xonadon yurib, roʻyxatdan oʻtmagan fuqarolarni roʻyxatdan oʻtkazmoqda hamda onlayn roʻyxatdan oʻtish jarayonida xato va kamchiliklar bilan toʻldirilgan maʼlumotlarni planshet qurilmalari orqali elektron tizimga kiritmoqda.










