13/02/2026

   Joriy yilning 13-fevral kuni viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida oʻtkazilgan “Huquqiy bilimlar kuni”da Oʻzbekiston Respublikasining fevral oyida qabul qilingan qonunlari muhokamasi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi OʻRQ-1116-son, “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1117-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga transport xizmati koʻrsatishni tashkil etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1118-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.