16/02/2026

   Sirdaryo viloyatida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichi ishlari olib borilmoqda. Jarayonda mahallalardagi “yettilik” a’zolari faol ishtirok etmoqda. Jumladan, Oqoltin tumanidagi “Saxovat” mahallasida mas’ullar xonadonma-xonadon yurib, ro‘yxatdan o‘tmagan fuqarolar bilan suhbatlashmoqda va savolnomalarni to‘ldirmoqda. Mahalla aholisi ham ro‘yxatga oluvchilarga yaqindan ko‘maklashmoqda.