Joriy yilning 27-mart kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasining mart oyida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi boʻlib oʻtdi. Unda, asosan Oʻzbekiston Respublikasining 4-martdagi “Kreditorlarning garov bilan taʼminlangan talablarini qanoatlantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1119-son, 6-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1120-son, 11-martdagi “Yoqilgi-energetika sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish choralari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-1121-son qonunlari va boshqa qonun hujjatlari haqida maʼlumot berildi.





