01/04/2026

     Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2026-yilning yanvar-fevral oylarida turli rusumdagi 64 221 dona yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 6,9 ming donaga oshgan.

Ular rusumlar boʻyicha quyidagicha:

Cobalt – 23 216 dona;

Damas – 12 301 dona;

Tracker – 6 210 dona;

Onix – 5 215 dona;

KIA – 4 039 dona;

BYD – 3 165 dona;

Haval – 2 405 dona;

Chery – 1 290 dona;

Maxsus yengil avtomobillar – 6 380 dona.