Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga xorijiy davlatlardan 721 kishi doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelgan.
Xorijdan doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlarning asosiy qismi quyidagi davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan:
Rossiya — 34,1 %;
Qozog‘iston — 19,7 %;
Tojikiston Respublikasi — 12,2 %;
Qirg‘iz Respublikasi — 4,9 %;
Turkmaniston — 3,7 %;
Boshqa davlatlar — 25,4 %.
Hududlar kesimida xorijdan ko‘chib kelganlar soni: Toshkent shahriga — 454 nafar
Toshkent viloyatiga — 126 nafar
Qoraqalpog‘iston Respublikasiga — 56 nafar
Samarqand viloyatiga — 14 nafar
Farg‘ona viloyatiga — 11 nafar
Xorazm viloyatiga — 11 nafar
Sirdaryo viloyatiga — 10 nafar
Navoiy viloyatiga — 9 nafar
Buxoro viloyatiga — 8 nafar
Andijon viloyatiga — 6 nafar
Jizzax viloyatiga — 5 nafar
Namangan viloyatiga — 5 nafar
Surxondaryo viloyatiga — 5 nafar
Qashqadaryo viloyatiga — 1 nafar



