22/05/2026

     Viloyat statistika boshqarmasida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasining may oyida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi boʻlib oʻtdi. Unda, asosan Oʻzbekiston Respublikasining 4-maydagi 2026-yil 4-maydagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1143-son, 2026-yil 7-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1144-son, 2026-yil 14-maydagi “Ekologik toza hududlarning huquqiy maqomi belgilanishi munosabati bilan “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha kiritish haqida”gi OʻRQ-1145-son, 2026-yil 19-maydagi “Qoʻriqlash faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1146-son Qonunlari va boshqa qonun hujjatlari haqida maʼlumot berildi.