Viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-419-sonli Qonuni mazmuni va mohiyati boʻyicha navbatdagi oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Unda Qonunda qoʻllanilgan asosiy tushunchalar, korrupsiya qarshi kurashishning asosiy prinsiplari, ushbu sohadagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari haqida soʻz yuritildi. Yigʻilish yakunida mansab vakolatlarini suisteʻmol qilishga va korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻymaslikni hamda amaldagi qonunchilik hujjatlariga qatʻiy rioya etilishini taʻminlash davlat xizmatchilarining eng asosiy vazifalaridan biri ekanligi taʻkidlandi.






