Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilda Oʻzbekistonda doimiy aholining oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi 75,4 yoshni tashkil etdi.
Bu koʻrsatkich 1991-yilga nisbatan 9 yoshga oshgan.
Oʻrtacha umr koʻrish davomiyligining yillar kesimidagi dinamikasi:
🔹 1991-yilda – 66,4 yosh
🔹 1995-yilda – 69,1 yosh
🔹 2000-yilda – 70,8 yosh
🔹 2005-yilda – 71,8 yosh
🔹 2010-yilda – 73,0 yosh
🔹 2015-yilda – 73,6 yosh
🔹 2020-yilda – 73,4 yosh
🔹 2024-yilda – 75,1 yosh
🔹 2025-yilda – 75,4 yosh




