26/06/2026

Joriy yilning 26-iyun kuni boshqarmaning tarkibiy boʻlimlarida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasining iyun oyida qabul qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar muhokamasi boʻlib oʻtdi. Unda, Yuridik xizmat tomonidan asosan Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 10-iyundagi “Shaharsozlik renovatsiyasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1149, 2026-yil 11-iyundagi “Fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlari kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1150, “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarining va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlikni takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1151-son Qonunlari va boshqa qonun hujjatlari haqida maʼlumot berildi.