📊 2026-yil 1-iyun holatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida chakana savdo sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 2 216 tani tashkil etdi. Shundan 8 tasi yirik korxona, 2 224 tasi esa kichik korxona va mikrofirmalardir.
📈 2026-yilning yanvar–may oylarida viloyatda chakana savdo tovar aylanmasi 3 449,1 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 127,2 foizga o‘sdi.
🔹 Yirik korxonalar tomonidan 265,2 mlrd so‘mlik chakana savdo amalga oshirildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 145,2 foizni tashkil etdi.
🔹 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga 3 183,9 mlrd so‘m to‘g‘ri kelib, o‘sish sur’ati 125,9 foizni tashkil etdi.
🔹 Uyushmagan savdo tovar aylanmasi 546,3 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 144,8 foizga o‘sdi.
01/07/2026



