1992-yil 2-iyul kuni tasdiqlangan Davlat gerbi xalqimizning tinchligi, bunyodkorligi, mehnatsevarligi hamda ozod va farovon hayot sari intilishining yuksak ramzidir.
Davlat ramzlarimizni ardoqlash va ularga yuksak hurmat bilan munosabatda boʻlish — Vatanga boʻlgan mehr-muhabbat va sadoqatimizning yorqin ifodasidir.
Bayrogʻimiz, Gerbimiz va Madhiyamiz hamisha yurtimiz shaʼni va gʻururining muqaddas timsoli boʻlib, doimo yuksak eʼzozda boʻlsin!
02/07/2026



