10/07/2026

        2026-yil 10-iyul kuni boshqarmaning tarkibiy boʻlimlarida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bola huquqlarining kafolatlarini yanada kuchaytirishga hamda tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni himoya qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1156 va “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1157-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlarining mazmuni va mohiyati boʻyicha navbatdagi oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan “bolaning eng ustun manfaatlari” yangi tushunchasi, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanganlarning qoʻshimcha huquqiy kafolatlari va kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar haqida soʻz yuritilddi.