2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida (dehqon va fermer xo‘jaliklaridan tashqari) 13 076 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda.
Shundan 10 795 tasi yoki 82,6 foizi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu esa hudud iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning muhim o‘rin tutayotganini ko‘rsatadi.
So‘nggi yillarda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar sonida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Xususan, 2026-yilda o‘sish sur’ati 108,7 foizni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan o‘sish qayd etildi.
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (birlikda):
2022-yil — 16 515 ta
2023-yil — 13 405 ta
2024-yil — 12 129 ta
2025-yil — 12 027 ta
2026-yil — 13 076 ta




