Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida O‘zbekiston 8 ta xorijiy davlatga qiymati 4,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 22 443 dona konditsioner eksport qilgan.
Eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,1 ming donaga yoki 5,1 % ga oshgan.
Mazkur davrda O‘zbekiston eng ko‘p konditsioner eksport qilgan davlatlar:
Ozarbayjon — 7 367 dona
Tojikiston — 4 775 dona
Turkiya — 4 640 dona
Qirg‘iz Respublikasi — 2 448 dona
Qozog‘iston — 1 324 dona
Boshqa davlatlar — 1 889 dona




