Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida 127 241 nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda Turkiyaga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 25,2 ming nafarga yoki 24,7 % ga oshgan.
Safar maqsadlari bo‘yicha:
Sayohat — 104 289 nafar
Qarindoshlarni yo‘qlash — 19 629 nafar
Davolanish — 1 608 nafar
Xizmat yuzasidan — 967 nafar
O‘qish — 748 nafar




