Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida aholining umumiy daromadlari 618,3 trln so‘mni tashkil etdi.
Inflyatsiya hisobga olingan holda, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan aholi umumiy daromadlariningreal o‘sish sur’ati 109,2 % bo‘ldi.
Ushbu davrda aholi jon boshiga umumiy daromad 16,1 mln so‘mni tashkil etdi.
Aholi jon boshiga umumiy daromadlarning: • nominal o‘sish sur’ati — 114,5 %, • real o‘sish sur’ati — 107,3 % darajasida qayd etildi.




