31/07/2026

     2026-yil 31-iyul kuni boshqarmada “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida “Toshkent xalqaro moliya markazi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1158 hamda “Ijtimoiy ish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1159-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlarining huquqiy targʻiboti oʻtkazildi. Unda mazkur hujjatlarning maqsadi, Toshkent xalqaro moliya markazida amal qiladigan maxsus huquqiy rejimi, markaz ishtirokchilarning maqomi, imtiyozlari va javobgarligi, shuningdek, ikkinchi hujjat bilan joriy etilgan zamonaviy ijtimoiy ish tizimi haqida soʻz yuritildi. Oʻquv mashgʻuloti davomida maʼruzachi xodimlarning qiziqtirgan barcha savollariga javob berdi.