07/08/2026

     Tuman (shahar) statistika boʻlimlari xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan ushbu oʻquv mashgʻulotida Adliya vazirligida 3894-raqam bilan davlat roʻyxatiga olingan “Davlat organi yoki tashkilotida mehnat shartnomasi tugatilgan yoki xizmatdan boʻshatilgan xodimni oʻzi nazoratni amalga oshirgan tashkilotlarga ishga qabul qilishda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasidan xulosa olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hamda 3906-raqam bilan davlat roʻyxatiga olingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining buyruqlari haqida soʻz yuritildi.