Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra,2026-yilning yanvar–iyun oylarida viloyatdagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 131,4 ming tonna sut yetishtirildi.
Hisobot davrida sut ishlab chiqarish hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 100,8 % ni tashkil etdi.
Chorvachilik sohasida erishilayotgan natijalar sut yetishtirish hajmining barqarorligini ta’minlash bilan birga, viloyatda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va aholini sifatli sut mahsulotlari bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.




