11/08/2026

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida viloyatdagi barcha toifadagi xo‘jaliklarda 406,5 tonna jun yetishtirildi.

Hisobot davrida jun ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’ati 2025-yilning mos davriga nisbatan 103,6 % ni tashkil etdi.

Viloyatda chorvachilikni rivojlantirish, nasldorlikni yaxshilash va parvarishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tarmoqning barqaror rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.