Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda jami 229,7 km suv quvurlari tarmog‘i ishga tushirilgan.
Shundan 205,9 km, ya’ni 89,6 foizi qishloq joylarda ishga tushirilgan.
Hududlar kesimida ishga tushirilgan suv tarmoqlari uzunligi:
Samarqand viloyati — 94,6 km
Jizzax viloyati — 70,2 km
Farg‘ona viloyati — 42,9 km
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 22 km




