Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonga xorijdan qiymati 447,7 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 37 874 dona elektromobil import qilingan.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 23,5 ming donaga yoki 2,6 barobarga oshgan.
Mazkur davrda O‘zbekistonga eng ko‘p elektromobil yetkazib bergan davlatlar:
Xitoy — 37 560 dona
Gonkong (Xitoyning maxsus ma’muriy hududi) — 141 dona
Koreya Respublikasi — 80 dona
Germaniya — 42 dona
AQSH — 21 dona
Boshqa davlatlar — 30 dona




