21/08/2026

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025/2026-o‘quv yili boshida faoliyat yuritayotgan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni 11 118 tani tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich 1991/1992-o‘quv yiliga nisbatan 1,3 barobarga oshgan.

Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari sonining o‘quv yillari kesimidagi dinamikasi:

1991/1992-o‘quv yili — 8 557 ta

1995/1996-o‘quv yili — 9 289 ta

2000/2001-o‘quv yili — 9 726 ta

2005/2006-o‘quv yili — 9 803 ta

2010/2011-o‘quv yili — 9 806 ta

2015/2016-o‘quv yili — 9 720 ta

2020/2021-o‘quv yili — 10 181 ta

2021/2022-o‘quv yili — 10 289 ta

2022/2023-o‘quv yili — 10 522 ta

2023/2024-o‘quv yili — 10 750 ta

2024/2025-o‘quv yili — 10 943 ta

2025/2026-o‘quv yili — 11 118 ta