07/09/2026

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyul oylarida 166 893 nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda Turkiyaga safar qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25,1 ming nafarga yoki 17,7 foizga oshgan.

Safarlarning maqsadlari bo‘yicha taqsimlanishi:

  • Sayohat — 138 320 nafar
  • Qarindoshlarni yo‘qlash — 24 555 nafar
  • Davolanish — 2 016 nafar
  • Xizmat yuzasidan — 1 097 nafar
  • O‘qish — 905 nafar