Joriy yilning 11-sentabr kuni Sirdaryo viloyati Guliston tumanida Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek Sultonqulovich Elmuratov boshchiligida sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlari vakillarining statistika sohasiga oid murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Murojaatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi, ayrim masalalar esa joyida hal etildi.













