15/09/2026

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarishi hajmi 795,4 trln so‘mni tashkil etdi.

Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqarish sanoati hissasiga to‘g‘ri kelgan — 690,7 trln so‘m yoki 86,8 %.

Seksiyalar bo‘yicha sanoat ishlab chiqarishi hajmi:

  • Ishlab chiqarish sanoati — 690,7 trln so‘m (86,8 %);
  • Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash — 50,2 trln so‘m (6,3 %);
  • Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash — 50,4 trln so‘m (6,4 %);
  • Suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish — 4,1 trln so‘m (0,5 %).