16/09/2026

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda metropoliten yo‘llarining uzunligi ikki yoqlama hisobda 71,2 kmni tashkil etgan.

2000-yilda metropoliten yo‘llari uzunligi 29,5 km bo‘lgan. Shunday qilib, 25 yil davomida ushbu ko‘rsatkich 41,7 kmga yoki 2,4 baravarga oshgan.

Metropoliten yo‘llari uzunligi yillar kesimida:

  • 2000-yil — 29,5 km
  • 2001-yil — 36,1 km
  • 2020-yil — 36,1 km
  • 2021-yil — 59,1 km
  • 2022-yil — 59,1 km
  • 2023-yil — 68,2 km
  • 2024-yil — 71,2 km
  • 2025-yil — 71,2 km