21/06/2022

2022-yilning yanvar-may oylarida viloyat korxonalari tomonidan 4356,1 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021-yilning yanvar-may oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 111,4 % ni tashkil etdi.

Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi (47,5 %)ni hamda ishlab chiqarish hajmi 2067,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.