28/06/2022

Joriy yilning 28-iyun kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi B.Batirov raisligida boshqarma tizim xodimlariga yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvida keng jamoatchilikning xohish va istaklaridan kelib chiqib Konstitutsiyani takomillashtirish boʻyicha ilgari surilgan 4 ta ustuvor yoʻnalishga eʼtibor qaratildi.

“Yangi Oʻzbekiston”ni barpo etishda konstitutsiyaviy islohotlarimiz har birimizning bugun va kelajakda farovon hayot kechirishimizni taʼminlashga qaratilganligi, Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun gʻoyat muhim ahamiyatga egaligi boshqarma boshligʻi tomonidan taʼkidlanib, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan takliflarni qoʻllab-quvvatlashimiz kerakligi aytib oʻtildi.