01/07/2022

 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning 1- yanvar holatiga koʻra, Toshkent metropoliteni qatnov yoʻllarining umumiy uzunligi 59,1 kilometrni tashkil etib (ikki yoqlama hisobdagi foydalanish uzunligi), oʻtgan yilga nisbatan ushbu koʻrsatkich 63,7 foizga oshgan (2021-yilning 1-yanvar holatiga koʻra 36,1 kilometr).

Maʼlumot uchun: Toshkent metropoliteni tashkil topishi boʻyicha Markaziy osiyo davlatlari orasida birinchi, Sobiq ittifoq davlatlari orasida 7 oʻrinda turadi.