16/03/2023

Navroʻz xalqimizning eng sevimli bayramlaridan biri hisoblanadi. Chin maʼnoda bahor bayrami. Ushbu bayramda dasturxonlar noz-neʼmatlarga toʻlib toshadi. Yurtimizda Navroʻz bayrami saxovatli, mehr- muruvvatga boy, mehnatsevar xalqimiz orasida oʻzining takrorlanmas anʼanalari bilan ham ajralib turadi.

Ushbu bayram nafasi yurtimizda kezib yurgan bir vaqtda joriy yilning 16-mart kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasida ham xalqimizning sevimli, qut-baraka ifodasi boʻlmish bu bayram keng nishonlandi.

Jumladan bayramga statistika sohasida ko‘p yillar mehnat qilgan va xozirda nafaqaga chiqgan xodimlar ham taklif qilindi. Bayramda Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i U.Elmuratov soʻzga chiqib, yigʻilganlarni ushbu nafosat, tinchlik ramzi va yosharish bayrami Navroʻz bilan tabriklab, yurtimizga tinchlik, har bir honadonga qut-baraka va ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Shundan so‘ng Qur`on tilovat qilindi. Qo‘y so‘yilib, oʻzbegimning tansiq taomlaridan sanalmish osh pishirilib toʻkin dasturxon atrofiga tizim xodimlari va mehmonlar jam boʻldi. 

Bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Axborot xizmati