17/03/2023

Joriy yilning 17-mart kuni, Davlat statistika agentligining Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshligʻi U.Madaminov boshchiligida, Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari B.Maxkamov, boshqarmaning Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi intervyuyeri Sh.Abduvaliyevlar bilan birgalikda uy xo‘jaliklari kuzatuvlariga tushgan Oqoltin tumani, Mustaqillik mahallasi, Samarqand ko‘chasi 1/2 uyda istiqomat qiluvchi Yo‘lchiyev Abduraxmon xonadonida uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvini o‘tkazishdi.

Kuzatuv davomida U.Madaminov xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashdi va kuzatuvning maqsad va vazifalari bo‘yicha atroflicha ma’lumotlarni berib o‘tdi.