17/03/2023

Sirdaryo viloyatida 2023-yilning 1-mart holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 13 544 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 11 360 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Guliston shahrida – 2 824 ta

Sirdaryo tumani – 1 443 ta

Boyovut tumani 1 055 ta

Mirzaobod tumani 998 ta

Oqoltin tumani – 937 ta

Sayxunobod tumani – 848 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:

savdo sohasida – 4 177 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 2 055 ta

sanoat sohasida – 1 629 ta

qurilish sohasida – 1 209 ta